Shunday bo‘lsa-da, xotirjam bo‘lishga erta ekanligi ham ta’kidlandi. Davlat rahbarining aytishicha, epidemiya ustidan hali to‘liq g‘alaba qozonilgani yo‘q. Ayrim mintaqalarda virus tarqalishi xavfi saqlanib turibdi.

Foto: O’zA

Demak, karantin cheklovlari vaziyat o‘nglanishiga qarab asta-sekin, bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Hozircha avvalgidek, ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, oilaviy marosimlar uchun taqiq amalda. Savdo markazlari, kinoteatrlar, masjidlar va cherkovlar yopiq.

Jamoat joylarini dezinfeksiyalash davom ettirilyapti, politsiya ko‘chalarda mavjud jamoat tartibini qo‘riqlamoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda COVID-19 koronavirusi bilan kasallangani aniqlangan fuqarolar 5126 nafar. Oxirgi sutka davomida bu ko‘rsatkich 50 taga oshdi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq jami o‘lim holatlari 31 ta. Kecha vafot etgan bemorlar qayd etilmadi.

Kasallikning faol shaklini boshidan kechirayotganlar 3154 nafar, ularning 31 nafari og‘ir ahvolda. Xastalikdan qurbon berilish darajasi 0,60 foizni tashkil etmoqda.

Bugungi kunga kelib, qardosh Qozog‘istonda 1 941 kishi koronavirusdan butkul xalos bo‘lgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 280 ming nafari vafot etgan, 1,3 milliondan ortig’i infeksiyadan davolangan.