Qirg‘iziston hukumati Sardoba suv ombori qisman o‘pirilishi natijasida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sof

Insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi I.Junusov va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirligining vakili kuzatuvi ostida Yangiyer shahrining «Yangi-Yangiyer» temiryo‘l stansiyasiga yetib keldi.

Bu yerda delegatsiyani viloyat hokimi G‘.Mirzayev boshchiligidagi mas’ullar kutib oldilar.

Mazkur insonparvarlik yordamida 1000 tonna sement, 100 tonna guruch va 10 tonna o‘simlik yog‘i o‘rin olgan.