Foto: Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

Joriy yil 9-may kuni soat 13:40 larda Buxoro viloyati va Buxoro shahar IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Buxoro shahrida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan Sh.Z o‘z yashash uyida 2 dona sariq va 1 dona jigar rangli plastmassa gultuvaklarda hamda bir dona tepa qismi qirqilgan suv idishi (baklashka)da tarkibida giyovandlik vositasi bo‘lgan 4 tup “kanop” o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Z.ga nisbatan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabarida.