Rossiyada koronavirus infeksiyasi holatlari soni 220 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha tezkor shtabning Telegram kanalida xabar qilindi.

Foto: TASS

Kasalliklar Rossiyaning barcha hududlarida aniqlangan. Jami 2009 ta o’lim qayd etildi, 39,801 kishi kasallikdan tuzaldi.

O’tgan kun davomida 11,656 ta infektsiya qayd etilgan, 5495 kishi kasallikdan tuzaldi.

Avvalroq, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich, Rossiya allaqachon koronavirus tarqalishining eng yuqori cho’qqisiga o’tgan bo’lishi mumkinligini va shuning uchun mamlakatda vaziyat barqarorlashgani aytgan edi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda Rossiyada koronavirusdan o’lim darajasi eng past – 1 foizga teng.

Shunday qilib, Rossiya hozirga kelib infeksiyani yuqtirib olish ko’tsatgichlari bo’yicha 221, 344 bilan dunyoda uchinchi o’rinni band etdi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 280 ming nafari vafot etgan, 1,3 milliondan ortig’i infeksiyadan davolangan.