Foto: Sports

Fransiyaning PSJ klubida keyingi mavsum yangi bosh murabbiy ishlashi mumkin.

Tomas Tuxelning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, jamoa ruliga italiyalik Massimilliano Allegri asosiy nomzod bo‘lib turipti. Parij klubining sport direktori Leonardo Allegrini jamoada ko‘rishni istayapti.

Shu qatorda, parijliklar Mauritsio Sarri nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Agar Sarri mavsum yakunida Turin klubidan ketsa, franstiyaliklar uni klubga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot o’rnida, Tuxel 2018 yilning may oyida PSJ bilan 2 yillik bitimga imzo chekkan.