Avval xabar qilganimizdek, Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatlari natijasida yuzaga kelgan gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida Energetika vazirligi va “Hududgaz Sirdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan maxsus shtab tashkil etilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Evakuatsiya qilingan hududlardagi 8850 ta aholi xonadoniga tabiiy gaz berish to‘liq tiklandi. Shundan Oqoltin tumanida – 3950 ta, Sardoba tumanida – 3100 ta, Mirzaobobd tumanida – 1800 ta xonadon.

Talofat ko‘rgan hududlardagi 5195 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga moslashtirildi. Jumladan: Sardoba tumanida 2195 ta, Oqoltin tumanida 1224 ta, Mirzaobod tumanida 1776 ta.

Suv toshqini ostida qolgan aholi xonadonlari tiklanishi bilan ularga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun resurslar va gaz ballonlari jamlanib tayyor holga keltirildi.

Toshqin oqibatida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish ishlari davom etoqda, deyiladi Energetika vazirligi bergan xabarida.