Foto: Kun.uz

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida qurilish sohasining molyarlik, beton quyish, plita terish, duradgorlik, montaj, gipsokarton, monolit, g‘isht terish hamda suvoqchilik yo‘nalishlari bo‘yicha 400 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolar taklif etiladi.

Ushbu hududda ishlash istagidagi fuqarolardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishi so‘raladi: +998 71 202 33 55.