Yunusobod tumanidagi LEP stansiyaning boshqa joyga ko‘chirilishi sababli yer osti gaz quvurini kesish va ulash ishlari 2020-yil 12-may kuni amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Ushbu ishlarni bajarish soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshirilib, quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Aholi va ulgurji iste’molchilar:

  • Yunusobod 6 mavze va ko‘p qavatli uylar;
  • Yunusobod 7 mavze va ko‘p qavatli uylar;
  • “Islomobod” mahallasi xususiy xonadonlari 100 dona;
  • “Kamaz” ustaxonasi;
  • Pivzavod;
  • Xasanboy dahasidagi maktab;
  • “Zenit” zavodi;
  • 7 mavzedagi “Korzinka” do‘koni;
  • 10 mavzedagi doka xleb;
  • “Kottej” MChJ.