Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson COVID-19’ga qarshi vaksina topilmaguncha yirik tadbirlarni tomoshabinlar bilan o‘tkazish xavfli ekanligini aytmoqda, deb xabar berdi “The Sun”.

Foto: Google

Ta’kidlanishicha, bugun, 11-may kuni hukumat ishlab chiqilgan rejani batafsil bayon qilish uchun tegishli hujjatni e’lon qiladi. Bu yirik sport tadbirlari, xususan, futbol musobaqalari kelgusi mavsumning kamida yarmiga qadar yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishini anglatadi.  

“Shuningdek, Gollandiya hukumati koronavirus vaksinasi topilmaguncha, futbol musobaqalarida muxlislar ishtirokiga ruxsat berilmasligini allaqachon e’lon qilgan”, – deyiladi xabarda.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiyaning tasdiqlangan holatlari soni 220 mingdan oshgan. Kasallik tufayli halok bo’lganlar esa 31,930 taga yetgan.