Avtomobillar qancha tezlikda yurishi, qay hollarda tezlikni oshirishi mumkinligi deyarli barchaga ma’lum. Ammo samolyotlar haqida hech qiziqib ko‘rganmisiz? Balki ular 11 km.dan yuqori bo‘lgan balandlikda uchmasligi haqida ham eshitmagandirsiz? Unday bo‘lsa sizda buning bir qancha sabablari bilan batafsil tanishib chiqish imkoniyati mavjud. 

Foto: Sputnik

Bilasizmi, parvoz jarayonida yaqinlashib kelayotgan havo oqimining kuchi samolyot qanotining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. U qanchalik baland bo‘lsa, oqim kuchining ta’siri ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun samolyot yuqoriga parvoz qilgan sari ko‘proq havo og‘irligini ko‘taradi.

Shuningdek, yer yuzasida havo yuqori zichlikka ega, osmonda esa buning aksi. Samolyot ko‘tarilgan sari  zichlik kamayib boradi. Masalan, soatiga oltmish kilometr masofani bosib o‘tuvchi avtomobil derazasidan qo‘lingizni chiqarib oling, shunda yuqori zichlikni his qilishingiz mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, samolyot yerdan ko‘tarilishi uchun soatiga ikki yuz kilometr tezlikda harakatlanar ekan. Ammo u qanchalik baland ko‘tarilsa, havo zichligi kamayib borganligi tufayli yuqoriga ko‘tarilish tezlikni oshirish bilan bog‘liq bo‘larkan.

Aynan bunday balandlikda parvoz qilishning yana bir sababi – bu qulay ob-havo sharoiti. O‘n kilometr balandlikdagi havoda deyarli muammolar bo‘lmaydi. Bu bilan girdobli havo oqimiga kirish xavfi kamligini anglash ham mumkin. Ayniqsa, parvoz xavfsizligi balandlikka bog‘liq. Balandlik qancha yuqori bo‘lsa, dvigatellar ishdan chiqishi mumkin. Samolyot qo‘nish uchun uzoq vaqt sarflaydi hamda buning ortida katta falokat yuz berishi ham mumkin, afsuski.

Balandlik oshishi bilan havo zichligi kamayishi haqida bilib oldingiz. Ammo balandlik 11 kilometrdan oshganda, samolyot tezligi deyarli tovush tezligiga teng bo‘ladi. Bunday holda ulkan kuch qarshiligi paydo bo‘ladi hamda bu samolyot uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Oddiy qilib aytganda, samolyotning ta’sir kuchi shunchalar yuqori bo‘lganidan, hatto u o‘zini vayron qilishi ham mumkin. Shu sababli, katta tezlikda yuqorida parvoz qilish xavfli va imkonsizdir.

Balandlikdagi parvozda kislorod kamayadi. 11 km. balandlikda havo shu qadar suyuq bo‘ladiki, bunda parvozni davom ettirishning imkoni bo‘lmay qoladi. Yuqoridagi sabablar tufayli samolyotlar belgilangan balandlikdagina parvoz qilishi mumkin. Aks holda inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan voqealar yuz berishi ehtimoli mavjud.