“O‘zgidromet” ertaga, 12-may kuni kuzatilayotgan ob–havo ma’lumotlarini taqdim etdi.

Foto: Google

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.