Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: SSV axborot xizmati

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanadan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1897 nafarga yetdi.