Foto: Google

Qashqadaryo viloyatida 2020-yilning 6-may kuni soat 18:30 da Koson tumanida yashovchi fuqaro 19 yoshli U.D. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida aravakashlik bilan shug‘ullanuvchi, Qamashi tumanida yashovchi 47 yoshli A.X. bilan Qarshi tumani “Saroy” qishlog‘i Saroy ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan bino oldi tomonidagi maydonida spirtli ichimlik iste’mol qilishib, tanishi A.X. uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli, chap qo‘lini mushti bilan A.X, ning jag‘, yuz va bo‘yin sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Oqibatda A.X. og‘ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelishiga sabab bo‘lgan badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Tergov departamenti axborot xizmati xabarida.