Bugun, 11-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Foto: Google

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz taqdirlanadi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.