AQSh Prezidenti Donald Tramp muhtojlarga bepul oziq-ovqat tarqatish uchun fermerlaridan 3 milliard dollarga teng miqdordagi mahsulot sotib olinishini ma’lum qildi.

Foto: Amerika ovozi

“Amerika ovozi” nashrining xabar berishicha, mamlakatda karantin tufayli ishsizlar soni oshgani sayin bepul oziq-ovqatga navbatlar ham kattalashib bormoqda.

Bu 3 milliard dollar AQSh Qishloq xo‘jaligi departamentining aprel oyida soha uchun ajratgan 19 milliard dollarlik yordam pulidan beriladimi yoki unga qo‘shimcha ravishdami, bunga aniqlik kiritilmagan.

Aprel oyida mamlakatda 20,5 million kishi ishini yo‘qotgan, ishsizlik darajasi bugun 14,7 foizga yetgan.