2020-yil 11-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2453 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 1881 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi.