Rossiyaning Stavropol o‘lkasida bayram qilayotganlar ustiga granata uloqtirildi. Portlash natijasida 15 kishi jarohatlangan.

Foto: Google

Granatani uloqtirgan odamning aytishicha, qo‘shni uydagi shovqin unga halal bergan. Shu sababli ularni portlatib yuborishga qaror qilgan.

Ma’lum qilinishicha, granata kelib tushgandan so‘ng bayram qilayotganlardan biri qo‘rqqanidan uni stol ostiga tashlagan. Aynan shu sababga ko‘ra vafot etganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda. Bunga qadar jinoyatchi mast qiluvchi ichimli ta’siri ostida bo‘lgani aytilgan edi.