AQSh hukumati xitoylik jurnalistlarga berilgan viza muddatini 90 kunga chekladi.

Foto: Google

AQSh va Xitoy o‘rtasida jurnalistlarga nisbatan muomalalar bo‘yicha taranglik avj olar ekan, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi xitoylik jurnalistlarga beriladigan viza muddatiga doir yangi qaror qabul qildi.

Bugun, 11-may kunidan kuchga kiradigan ushbu qarorga muvofiq, xitoylik jurnalistlarga beriladigan vizalar 90 kun muddatga cheklanadi, ba’zi holatlarda bu muddat uzaytirilishi mumkin, deyiladi “TRT” xabarida.