AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko’ra, Indoneziyaning sharqida, Tanimbar orollari yaqinida 5,6 balli zilzila sodir bo’lgan.

Foto: Google

Zilzila UTC 01:06 da (Toshkent vaqti bilan 06:06) qayd etilgan. Zilzila epitsentri Saumlaki qishlog’idan 259 kilometr shimoli-g’arbda joylashganligi aniqlangan. Zilzila o’chog’i 10 km chuqurlikda qayd etildi.

Indoneziyaning Meteorologiya, iqlim va geofizika milliy idorasi (BMKG) ma’lumotlariga ko’ra, zilzila kuchi 5,7 ni tashkil qilgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.