Eron harbiy dengiz kuchlariga tegishli kema o‘quv mashg‘ulot chog‘ida adashib o‘zlariga tegishli boshqa bir kemani o‘qqa tutdi. “Al Jazeera” tomonidan xabar qilinishicha, ekipajdan biror kishi tirik qolmagan.

Foto: Lenta

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 40 kishi vafot etgani aytilmoqda. O‘z navbatida jurnalist Tagvey Babak boshqacha xabar qoldirdi. Uning ma’lum qilishicha, Konarak harbiy-transport kemasi o‘qqa tutilgan. Shundan so‘ng 30 kishini olib ketayotgan kema cho‘kib ketgan.

Bu ma’lumotga ko‘ra ham ekipajdan hech kim tirik qolmagani aytilmoqda.