Dengiz burgutlari 240 yil ichida birinchi marta Angliyaga qaytishdi, deya xabar beradi “Metro”.

Foto: Google

Maʼlumotlarga koʻra, Buyuk Britaniyadagi ushbu eng katta qush bundan 200-yil avval gʻoyib boʻlgan.

Qanotlarining uzunligi 8 fut (2,5 m) ga yetadigan dengiz burgutlari, qayd etilishicha, 1780-yillarga qadar Buyuk Britaniyada keng tarqalganiga qaramay ovchilar sabab deyarli ikki asr oldin yoʻq boʻlib ketishgan.

Ammo tabiatni muhofaza qilish mutaxassislari tufayli burgutlar Uayt orolida yana paydo boʻlishdi.

Oʻtgan yili orolga uch juft qushni qoʻyib yuborgan Angliya oʻrmon xoʻjaligi va Roy Dennis Yovvoyi tabiat jamgʻarmasi tomonidan endlikda har yili uch juft burgut yovvoyi tabiat bagʻriga chiqarilishi rejalashtirilgan.