AQShning Kolumbiya universitetidagi Yer instituti va Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti olimlari dunyoning yangicha interaktiv xaritasini tuzishdi va unda odamlar harorat hamda namlik uygʻunligi tufayli yashay olmaydigan mamlakatlarga eʼtibor qaratishdi.

Foto: Sputnik

‘Science Advances” jurnalida chop etilgan tadqiqot sayyorada allaqachon yuqori harorat va namlikning halokatli birikmasi inson hayotining fiziologik chegaralaridan oshadigan joylar mavjud ekanligini koʻrsatdi.

1979-yildan 2017-yilgacha dunyo boʻylab joylashtirilgan 7877 ta ob-havo stansiyalari maʼlumotlarini tahlil qilgan holda mutaxassislar Osiyo, Afrika, Avstraliya, Janubiy va Shimoliy Amerikada inson organizmi uchun noqulay iqlimga ega boʻlgan minglab maskanlarni topishdi.

Ayniqsa, Fors va Meksika koʻrfazi sohillari hamda Hind okeanining qirgʻoqlari ular orasida alohida taʼkidlandi. Vaholanki, ushbu nuqtalarda dengiz suvi bugʻlanib, issiq havo bilan singib ketadigan namlik haddan ortiqni tashkil etadi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar kuzatish davrida ekstremal harorat va namlik epizodlari soni ikki baravar koʻpayganligini va ularning chastotasi global isish bilan bevosita bogʻliqligini ham aniqlashdi.