Bu poytaxtimiz maskanlari bosqichma-bosqich ochilishi uchun chora-tadbirlar tartibini ishlab chiqish uchun zarur edi. Ayni vaqtda eksperiment yakuniga yetgan, restoran yopilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Xabar

SEOM, IIBB va Toshkent shahar hokimligining umumiy xulosasiga asosan, shahar umumiy ovqatlanish maskanlarining ochilishi uchun choralar rejasi hamda reglamenti ishlab chiqiladi.

Eksperiment doirasida Qanotchi restorani ma’muriyati o‘z hisobidan ovqatlanish zalini SEOM me’yorlari asosida jihozlab, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi va mehmonlarni zalda joylashtirish, ularga xizmat ko‘rsatish va kiritish bo‘yicha barcha belgilangan choralarni ishlab chiqdi.

Batafsil foto- va videohisobot maxsus Komissiyaga qaror qabul qilish uchun taqdim qilinib, uning asosida umumiy ovqatlanish maskanlarini ishga tushirish tartibi belgilanadi.

Restoranning odatiy tartibda ishga tushgani haqida ommaga taqdim qilingan ma’lumot yuzasidan esa, noto‘g‘ri axborot tarqatib poytaxt aholisiga yanglish ma’lumot berishda aybdorlar, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.