Foto: SSV axborot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, jami 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi ushbu hududdan (6 nafari Nukus shahridan, 2 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 101 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 109 nafarni tashkil etmoqda.

Farg‘onada tuzalganlarning 1 nafari (27 yoshli ayol) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari (23 yoshli ayol va 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq) esa Andijon viloyatidan bo‘lib, Istambul – Farg‘ona yo‘nalishidagi charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1881 nafarni tashkil etmoqda.