Avval xabar qilganimizdek, bugun Florida shtati Jeksonvill shahri (AQSh)da o‘tkazilgan “UFC 249” musobaqasi doirasida MMA jangchilari Toni Ferguson Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqqan edi.

Foto: RIA Novosti

Jangning 5-raundida Toni texnik nokautga uchrab bahsni boy berdi.

Bahsdan so‘ng uni kasalxonaga olib ketishdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.

Ma’lum bo‘lishicha jang davomida sportchinig yuzi jiddiy jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur g‘alabadan keyin Jastin Getji rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan to‘qnash keladi.