Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi 2020-yil 11-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida oʻz ishini boshlaydi.

Foto: O’zA

Yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladi.

“Yalpi majlis Senatning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritib borilishini maʼlum qilamiz” deyiladi yuqori palata axborot xizmati xabarida.