Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida “Qoradori – 2020” tadbirlari uyushtirildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Tadbirlar davomida fermerlar tomonidan yovvoyi giyohvandlik o‘simligini yo‘q qilmaslik holatlari aniqlandi. Jumladan, Mustaqillik suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi fermer xo‘jaligi ekin maydonida 45 tup, Oqbuloq suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi ekin maydonida esa 30 tup marixuana qarovsiz holda o‘sayotgani aniqlandi.

Ushbu holatlar bo‘yicha Arnasoy tumani IIB surishtiruv o‘tkazmoqda.