Toshkentda karantin vaqtida yangi restoran ish ochilmoqda. Bu haqda restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berilgan.

Foto: Xabar

Xabarda aytilishicha, 10-maydan mehmonlar uchun eshiklar ochiladi. Restoran binosi to‘liq dezinfeksiya qilinishi va kun davomida muntazam sanitar tozalash ishlari olib borilishi aytilgan.

Foto: Xabar

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda ko‘ngilochar obyektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan edi.