Ekvatorial Gvineyaning Luba portida dengiz qaroqchilari “Djibloho” yuk kemasidan ikki nafar Rossiya fuqarosini o‘g‘irlab ketishgan, deya ma’lum qildi Rossiyaning Kamerundagi elchixonasi vakili.

Foto: RIA Novosti

“RIA Novosti”ning yozishicha, hodisa Malabo porti marinasida sodir bo‘lgan. Vaziyat va o‘g‘irlanganlarning ism-sharifi mahalliy huquqni muhofaza qilish xizmati tomonidan o‘rganilmoqda.

Shuningdek, dengiz qaroqchilari Gvineya ko‘rfazida “Rio Mitong” kemasida bo‘lgan rossiyalikni o‘g‘irlab ketishgan. Ekipajning ikki a’zosi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Qaroqchilar bilan hali aloqa qilinmadi.

Dengiz xavfsizligiga ixtisoslangan “Dryad Global” kompaniyasining ma’lum qilishicha, qaroqchilar bortga ko‘tarilish uchun maxsus zinalardan foydalanishgan.

Avvalroq, dengiz qaroqchilari gruziyaliklarni o‘g‘irlab ketishgani haqida xabar berilgan edi.