Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Toshkent shahar hokimi xorijiy mehmonga yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investision siyosat, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida ma’lumot berdi. Dunyo davlatlari bilan turli sohalarda aloqalar yaxshilanib borayotganligini qayd etdi. Yangilanishlar va o‘zgarishlarda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik ahamiyatli bo‘layotganligini aytib o‘tdi.

Ahmad al Suveydi o‘z kompaniyasi haqida ma’lumot berar ekan, ular qayta tiklanadigan energiyasini ishlab chiqarish uchun kabellar, transformatorlar, elektrotexnika buyumlari, elektr uzatish tarmoqlarini qurish va jihozlash, tarqatish tizimlari, gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri ekanligini aytib o‘tdi. Hozirda Ruminiya, Gresiya, Sloveniya, Chexiya, Qatar, Jazoir, Suriya, Bangladesh, Tanzaniya, Gana va boshqa mamlakatlarda kompaniya filiallari faoliyat yuritayotganligini ma’lum qilib, qator yo‘nalishlarda O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi. Jumladan, Toshkentda drayport qurish(quruqlikdagi logistika markazi), smart hisoblagichlar ishlab chiqarish va elektr energiyasi ta’minoti sohasida birgalikda ishlash niyati borligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi xorijiy mehmonga poytaxtda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator loyihalarni taklif etdi. Mazkur taklifga asosan, kompaniya mutaxassislari tegishli tizimlarni o‘rganishadi va ularning xulosalariga ko‘ra, hamkorlik istiqbollari belgilanadi.