AQShning sobiq mehnat vaziri Robert Reyx hamda amerikalik ixtirochi Ilon Mask o‘rtasida Twitterda tortishuv kelib chiqdi.

Foto: Google

Reyx Maskni Tesla bosh idorasini va keyingi loyihalarini Kaliforniyadan AQShning boshqa shtatiga ko‘chirish rejasini tanqid qildi. Ko‘chish sababi mahalliy hokimiyat tomonidan koronavirus tarqalishi sababli elektr avtomobillarini ishlab chiqarishni qayta tiklashni taqiqlash edi.

“Ilon Mask odamlarning sog‘lig‘iga xavf solmasa, ularni ishdan mahrum qilish bilan tahdid qilmoqda. Kapitalizm eng yomon ahvolda”, – deb yozdi Reyx.

Keyinroq Mask yana ikkita twit qildi. Birida u sobiq vazirdan qisqagina “Sorry” (Uzr) deb kechirim so‘ragan bo‘lsa, ikkinchisida “Meant to say skuchniy idiot” (Zerikarli ahmoq demoqchi edim) deb yozdi.

Joriy yilning mart oyi oxirida Mask COVID-19 pandemiyasi tufayli AQShda joriy etilgan cheklov choralarini tezroq olib tashlashga chaqirgan edi.