Rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik titul uchun kurashda amerikalik Jastin Getjining vatandoshi Toni Fergyuson ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi. 

Foto: Sof

Sportchi o‘z Instagram sahifasiga Getjining uning orqa tomonidan qarab turgan rasmini joylashtirdi. Biroq amerikalikni belgilab (teg qilib) qo‘ymadi.

“Ushbu sport turida va ayniqsa, bu vaznda doimo sizning orqangizda nafas olib turgan och sherlar bo‘ladi. Agar siz dam olsangiz, siz tugaysiz. Kimdir keladi, kimdir ketadi, hayron bo‘ladigan hech narsa yo‘q. Ammo men jangdan oldin taslim bo‘lmayman. Biz yana kurashamiz”,- deb yozadi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Florida shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 249 turnirining asosiy uchrashuvidagi g‘alabani amerikalik Jastin Getji vaqtincha yengil vazn toifasida kurash olib borayotgan Toni Fergyusonga qarshi jangda qo‘lga kiritdi.

Beshinchi raundda Getji qarshi hujumda Fergyusonni shunchalik qattiq urdiki, jang hakam tomonidan muddatidan oldin to‘xtatildi. Shunday qilib, Jastin vaqtincha yengil vazn toifasida g‘olib chiqdi va Habib Nurmagomedov bilan uchrashishi mumkin.