Samarqand viloyatida navbatdagi 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: SSV axborot xizmati

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning eng yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1856 nafarga yetdi.