Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida videokonferensiya tashkil qilindi. Unda Narxlar statistikasi boshqarmasining boshlig‘i Muxtor Umarov 1 chorak natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi inflyatsiya ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ma’ruzachining so‘zlariga qaraganda, 2020-yilning aprel oyida iste’mol narxlari va tariflarining o‘rtacha o‘sishi bir oyda 1,7 %ni tashkil qilgan. 2020-yil yanvar-aprel oylarida iste’mol bozorida narx va tariflar o‘rtacha 4,5%ga oshgan. Yillik nisbatda (2019-yil aprel holatiga) tovar va xizmatlar uchun narxlarning o‘rtacha oshishi 14,5%ni tashkil qilgan.

Yiriklashgan guruhlar kesimida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik, oldingi oylardagi kabi, oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli. Joriy yilning aprel’ oyida ular 3,3%ga qimmatlashgan bo‘lib, shu vaqtning o‘zida nooziq-ovqat mahsulotlar atigi 0,7%ga, xizmatlar esa 0,3%ga oshgan.

2020 yilning aprelida bir oy uchun iste’mol narxlari indeksining umumiy oshishidan 81,8% oziq-ovqat mahsulotlariga, 14,1% nooziq-ovqat mollariga, 4,1 esa xizmatlargi tegishlidir.