Joriy yilning 8-may kuni Navoiy viloyati IIB ga 45 nafar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha profilaktika inspektori yordamchilari profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilindi.

Foto: IIV axborot xizmati

Shuningdek, IIO tizimida samarali faoliyat olib borib, shu sohaga umrini baxshida etgan, xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlardan 2 nafarining farzandi safdor xodim sifatida ishga qabul qilindi hamda ularning bandligi ta’minlandi.

Kuchli tarkibda shakllangan yangi jamoaga 1 nafar hisobchi, 1 nafar psixolog xodimlar ham ishga qabul qilindi. Xodimlar dastlabki ish kunini xayrli amallar bilan boshlash maqsadida, Navoiy shahridagi “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurib, bolajonlarga turli badiiy kitoblar hamda esdalik sovg‘alari ulashishdi.

Fuqarolarning daxlsizligini ta’minlash, xalq osoyishtaligini saqlash IIO xodimlarining mas’uliyatli hamda mashaqqatli burchidir. Tongni tunga ulab, tinchligimizni ta’minlashga bel bog‘lagan har bir soha vakili borki, ularning jasorati tahsinga loyiq, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.