Joriy yilning 9-may kuni soat 03:20 larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Shifobuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1322 km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab haydovchi 1974 y.t. F.J. “Kamaz” rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘ldan chiqib ketib YTH sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, haydovchi 46 yoshli F.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati bergan xabarida.