Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8-mayidan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Unga ko‘ra Sirdaryo viloyati «qizil» toifadagi hudud — oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan deb topildi.

Bunda «qizil» hududda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Shunga qaramasdan viloyat aholisi Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi bayonidagi belgilab berilgan tartib qoidalarni noto‘g‘ri talqin qilib karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlanmoqda. Xususan joriy yilning 9 may kuni karantin tartib-qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha 79 ta holatlar aniqlangan. Achinarlisi shundaki 79 ta holatning barchasi tibbiy niqob taqmasdan yurgan fuqarolardir.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joizki Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, fuqarolarning tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofa (2 metr) saqlashi bo‘yicha talablar mamlakatning barcha — «yashil», «sariq», «qizil» toifasidagi hududlari uchun saqlab qolingan.