Pandemiya boshlangandan beri koronavirus qurbonlari soni 280 ming kishidan oshdi. Bu haqda “Worldometer” saytida xabar berildi. 

Foto: Sputnik

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda sayyorada jami 4,100,609 infeksiya holati qayd etilgan, 1,439,842 bemor sog‘ayib ketgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari tasdiqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turibdi, u yerda 1,3 milliondan ortiq odam zararlangan.

O‘zbekistonda jami 2387 ta koronavirus holati tasdiqlangan. 10 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.