O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Yaponiyaning Balcom Co. Ltd kompaniyasi prezidenti Tetsuro Yamasaka ishtirokida videokonferensiya formatida muzokaralar olib borildi.

Foto: Google

Muloqot chog‘ida qator hamkorlik yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Ular orasida:

  • Namangan viloyatida xususiy maktabni tashkil etish;
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti filiali bazasida texnik o‘quv markazini tashkil etish;
  • Namangandagi restoran biznesiga investitsiya kiritish;
  • yangi va qayta ishlangan o‘zbek meva-sabzavotlarini Yaponiya bozoriga yetkazib berish
  • O‘zbekistonga sayyohlik safarlarini tashkillashtirish ham bor.

T. Yamasaka yuqoridagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini ta’kidladi va Yaponiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani sababli O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorligini bildirdi.