Foto: Nuz.uz

Umuman olganda, 2020-yilning yanvarida O‘zbekistonga 538 360 nafar chet ellik kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 23,1 foizga ko‘p. Ularning aksariyat qismi — 514 774 nafari, har doimgidek, MDH mamlakatlaridan. Uzoq xorijdan 23 586 kishi kelgan.

Birinchi o‘rinda — Qozog‘iston, u yerdan 164 100 kishi kelgan. Ikkinchi o‘rindan Tojikiston (137 298 kishi), uchinchi o‘rindan esa Qirg‘iziston (121 856 kishi) o‘rin olgan.

Turkmaniston (118,4 foizga), Bangladesh (200 foizga), Braziliya (266,7 foizga), Irlandiya (383,3 foizga), Shri-Lanka (600 foizga), Mo‘g‘uliston (1333,3 foizga) va Vyetnamdan (1425 foizga) keluvchilar soni keskin oshgan, deyiladi xabarda.