Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha harbiy bilim yurti bitiruvchilariga murojaat qilib, har qanday holatda ham qurollanishda davom etishini bildirdi. Bu haqda “Lenta” nashri yozmoqda.

Foto: RIA novosti

Qurollanish barcha turdagi qo‘shinlarga tegishli bo‘lishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda butun dunyoda bo‘lgani kabi Rossiyada ham iqtisodiy inqiroz kuzatilmoqda. Xalqaro valyuta fondi tadqiqotlariga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy pasayish 2020-yilda 5,5 foizga yetishi kutilyapti.

Rossiyalik iqtisodchilar (Natalya Akindinova, Sergey Aleksashenko, Konstantin Sonin, Oleg Vyugin va boshqalar) tomonidan qilingan taxmin esa yanada og‘irroq. Ularning fikriga ko‘ra Rossiya iqtisodi 3,7 foizdan 8,6 foizgacha pasayishi mumkin.

Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra hukumat fuqarolarni himoya qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ni kamida ikki barobarga oshirishi lozim.