Qo’shni davlatlarda ahvol qanday? Turkmanistonda rasman koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Foto: Azia-Plyus

2020-yil 10-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 5036 kishiga yetdi. Bemorlarning 1766 nafari butunlay tuzaldi. 31 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 10-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 71 taga oshib, jami 1002 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 12 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangan edi. Bugun, 10-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 612 tani tashkil etmoqda va jami 20 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 10-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 4033 nafarni tashkil etmoqda. 115 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi. 502 kishi esa kasallikdan sog’aydi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 270 ming nafari vafot etgan.