Xubay viloyat sog’liqni saqlash qo’mitasining hisobotidan kelib chiqqan holda, uzoq vaqt davomida yangi holatlar bo’lmagan Uxan shahrida COVID-19 infeksiyasining yangi tasdiqlangan holati aniqlandi.

Foto: Interfax

Xabar qilinishicha, tasdiqlangan yangi holat – og’ir ahvoldagi bemordir.

Xitoyning Uxan shahrida juda uzoq vaqt davomida birinchi marta COVID-19 infeksiyasining yangi tasdiqlangan holati. Bemorning ahvoli og‘ir.

Bundan tashqari, o’tgan kun davomida Xubey provinsiyasida virusning 17 yangi asemptomatik tashuvchisi aniqlangan va bitta holat tasdiqlangan.

Uxandagi yangi holat asoratlanmagan tashuvchisi bo’lganmi yoki kasallik alomatlarini ko’rsatishni boshlaganligi aniqlanmagan, ammo xabar qilinishicha, butun viloyatda hozirda tasdiqlangan bitta holat mavjud, bemor Uxandadir, deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda Xubeyda 616 ta asemptomatik virus tashuvchilari tibbiy nazorat ostida qolmoqda.

Xubeyda epidemiya paytida 68,129 ta infeksiya holati aniqlangan shulardan 50,334 tasi Uxanda qayd etilgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 270 ming nafari vafot etgan, 1,2 milliondan ortig’i infeksiyadan davolangan.