Rossiyaning “Vityaz-D” suv osti apparati ilk marotaba Mariana botig‘i tubiga qadar tushirildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Foto: RBK

“Biz mudofaa sanoat kompleksining yangi ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish elitasi aynan mana shunday loyihalarni amalga oshirishda o‘sadi deb umid qilamiz”, – dedi Borisov.

Qurilma 2020-yil 8-may kuni Moskva vaqti bilan 22:34 da suvga tushirildi. Apparat sensorlari 10 028 metr chuqurlikni qayd etdi. Missiya davomiyligi, sho‘ng‘ish va suzishni hisobga olmaganda, uch soatdan ko‘proq vaqtni tashkil etdi. 

Rubin Markaziy dengiz muhandislik loyihalash byurosi 2015-yil uchun yillik hisobotida 11 ming metr chuqurlikda tadqiqot ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan Vityaz chuqur dengiz transport vositasining ishlab chiqilgan loyihasi haqida ma’lumot bergan edi.