Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bugun, 9-maydan metro faoliyatini qayta boshladi.

Foto: Report

Qayd etilishicha, avvalroq hukumat tomonidan metropoliten xodimlarining toʻliq tarkibda ishga chiqishi kerakligi toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan.

Fuqarolarning metroga kirishi SMS orqali olingan ruxsatnomalar bilan amalga oshiriladi. Yoʻlovchilar niqobda boʻlishi shart.

Ozarbayjon poytaxtida metro faoliyati koronavirus pandemiyasi sabab 31-mart kuni toʻxtatilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Ozarbayjonda 2279 kishi koronavirus bilan kasallangan, 28 nafar bemor vafot etgan, 1576 kishi kasallikdan sogʻaygan.