Iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega Shveysariyaning Jeneva shahrida, ko‘plab insonlar tekin oziq-ovqat yordamini olish uchun uzun navbatlarni yuzaga keltirdi.

Foto: Sof

“BBC” nashring xabariga ko‘ra, qochoq muhojirlarga tarqatilishi rejalashtirilgan mahsulotlarga shahar aholisi ham talabgor bo‘lgan. Insonlar tongdan boshlab navbatga tura boshlagan.

Shveysariya 27 aprel kuni uch fazali karantindan chiqish rejasini e’lon qilgan edi. Shveysariyai hukumat tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi korxonalar, sartaroshxonalar, jihoz do‘konlari, go‘zallik salonlari va gul do‘konlari o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. Stomatologlar va fizioterapevtlar ishga qaytishdi.

Ma’lumot uchun, Jeneva yashash standartlariga ko‘ra dunyodagi eng qimmat ikkichi shahar hisoblanadi.