O‘zgidrometning xabar qilishicha, bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan navbatdagi nam havo oqimi kirmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Bugun kechga borib ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ldi. 

Mamlakat hududida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.

10-mayda respublikada yog‘ingarchilik to‘xtashi mumkin, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 3-5 darajaga ko‘tariladi.