Kanadalik olimlar 144 mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi statistikasini ushbu mintaqalardagi ob-havo sharoiti bilan taqqosladilar va iqlim COVID-19 tarqalishiga ta’sir qilmaydi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot Kanada tibbiyot assotsiatsiyasining jurnalida chop etilgan.

Foto: RIA novosti

Avvalroq olimlar yozda haroratning ko‘tarilishi infeksiyaning tarqalishini sezilarli darajada yo‘q qiladi, deb taxmin qilishgan va dastlabki hisob-kitoblar bu taxminni tasdiqlagandi.

Ammo kanadalik tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan yangi matematik tahlil shuni ko‘rsatdiki, mamlakatning jug‘rofiy joylashuvi va epidemiya tezligi o‘rtasida mutlaqo bog‘liqlik yo‘q.

Virusning tarqalishini sezilarli darajada kamaytiradigan yagona omil karantin va maktablarning yopilishi edi. Shuning uchun olimlar o‘z-o‘zini izolyasiya qilish choralarini yumshatishda ehtiyotkorlikka chorlamoqda.