Tenge bank 2019-yilni 2,8 mlrd so‘m sof zarar bilan yakunladi. Bu haqda korporativ ma’lumotlar yagona portalida xabar berildi.

Foto: Forbes

Raqamlar Deloitte & Touche auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan bankning yillik moliyaviy hisobotida keltirilgan.

Tenge Bank Qozog‘iston Xalq bankining sho‘ba banki hisoblanadi. Bank O‘zbekistonda 2019-yil iyul oyida ochilgan va mamlakatda birinchi Qozog‘iston bankiga aylangan.

Tenge Bank boshqaruvi raisi Aslan Talpakovning so‘zlariga ko‘ra, bank hech bo‘lmaganda O‘zbekistondagi eng yaxshi 10 bankka kirishni va innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.