Xitoy virusologi Chjun Nanshan koronavirusning eng xavfli xususiyati haqida gapirdi. Bu yuqtirishning yuqori darajasidir. Shifokorning so’zlarini Xitoyning “Huanqiu” portaliga asoslanib “RIA Novosti” keltirmoqda.

Foto: Dunyo

Nanshanga ko’ra, koronavirusning yuqumliligi mavsumiy gripp va SARSga o’xshash xususiyatlaridan ancha yuqoridir. Bu esa uni imkon qadar xavfli qiladigan narsa.

Shuningdek, olim virusga qarshi kurashish uchun zarur bo’lgan to’rt turdagi choralarni aniqladi: erta himoya qilish, erta aniqlash, erta tashxis qo’yish va erta izolyatsiyadir.

Amaliy jihatdan, ular shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, gavjum joylarda haroratni o’lchash, infeksiya yuqtirib olgan odamlarni alohida palatalarda kasalxonaga yotqizish bilan bog’liq.

9-may holatiga ko’ra, dunyoda 3,9 million odamlarda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 275 ming kishi kasallikdan vafot etdi, 1,3 millioni esa tuzaldi.